Joylash qoidalari
- O'zingiz ishlab chiqaradigan, import qiladigan yoki sotadigan istalgan qonuniy tovarni joylashingiz mumkin: oziq-ovqatdan kiyim-kechak, texnika, qurilish mollari va uskunalargacha.
- Narx haqiqiy bo'lishi kerak. Hajm bo'yicha narxlar ham amalda beradigan narxingiz bo'lsin.
- Rasm o'z mahsulotingizniki bo'lsin. Boshqa sotuvchining rasmini olmang.
- Telefon raqam va kompaniya nomi haqiqiy bo'lishi shart.
- Litsenziya yoki sertifikat talab qilinadigan tovarlarni faqat ular bor bo'lsa joylang.
- Shikoyat tushgan yoki qoidaga zid e'lonlar ogohlantirishsiz o'chiriladi, takrorlansa hisob bloklanadi.
Joylash taqiqlangan tovarlar
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan har qanday tovar, jumladan:
- qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar va pirotexnika;
- giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari;
- retsept bo'yicha beriladigan dori vositalari, ruxsatsiz tibbiy preparatlar;
- alkogol va tamaki mahsulotlari (litsenziyasiz savdo), elektron sigaretlar;
- soxta (kontrafakt) mahsulotlar, o'g'irlangan yoki kelib chiqishi noma'lum mollar;
- muddati o'tgan, sifat sertifikati talab qilinsa-yu, u yo'q mahsulotlar;
- zaharli, radioaktiv va boshqa xavfli moddalar (ruxsatnomasiz);
- noyob va muhofaza qilinadigan hayvon va o'simliklar;
- shaxsiy ma'lumotlar bazalari, soxta hujjatlar, valyuta va qimmatli qog'ozlar.
Ro'yxat to'liq emas. Shubha bo'lsa, joylashdan oldin bizga yozing.
Xaridorlar uchun
OptomGo hozircha faqat e'lonlar katalogi. Biz to'lov va yetkazib berishda ishtirok etmaymiz. Katta to'lovdan oldin sotuvchini tekshiring: STIR, manzil, hujjatlar. "Tekshirilgan" belgisi kompaniya ma'lumotlari biz tomondan ko'rib chiqilganini bildiradi.